Erkak xiyonati va yecimlari (3-sahifa)
aytayotgan so'zlarida
doim xiyonat belgilarini qidirib
yuradilar. Bu tergovlar erkakni
jahlini chiqarib, xayolida xiyonat
fikri umuman bo'lmagan paytda
ham xiyonat qilishga undaydi.
Erkak haq ekanligiga amin bo'lib,
unga bo'lgan ishonchsizlikdan
ranjib, agar baribir menga
ishonmasa, yomon bo'la qolay
degan fikr bilan, xiyonat qilishi
hech gap emas.
Xotin nima qilishi mumkin:
eringizga ishoning. Agar kech
kelib sizga sababini tushuntirsa,
uni ming hil savollar bilan
tergamay, ishonishga harakat
qiling. Eringiz ishda yoki do'stlari
bilan bo'lganda qo'ng'iroq qilib,
so'roq qilavermang. Yomon
xayollaringizni yo'q qilishga
harakat qiling.
6. Ayolning sovuqqonligi
Ayrim ayollar eriga nisbatan jinsiy
aloqada sovuqqon bo'ladilar,
jinsiy aloqani burch sifatida
qabul qiladilar. Eri so'raganini
berib, o'zlari tashabbusli
bo'lmaydilar. Erkak uchun esa bu
juda muhim. Erkak ham ayoli
uchun yoqimli ekanlgini, ayoli
ham u bilan birga bo'lishni
istayotganini bilishni xohlaydi.
Xotinining sovuqonligi, boshqa
ayolning esa unga nisbatan
kuchli qiziqishi uni xiyonat
yo'liga boshlaydi.
Xotin nima qilishi mumkin:
ba'zida jinsiy aloqaga hotinning
o'zi ham tashabbuskor bo'lishi
kerak. Lekin ba'zida... chunki
ayolning nozi bor bo'lishi va
unga doim erkak erishishi
kerakligini unutmaslik kerak.
Jinsiy aloqaga er tashabbuskor
bo'lsa ham, ayol bunga burch
sifatida qaramasdan qiziqish va
xohish bilan yondashishi lozim.
7. Bo'sh erkak
Xotin uyda boshliq bo'lib olib,
eriga nisbatan ko'p pul topib,
buni ta'na qilsa, uyda bolalari
oldida erining hurmatini joyiga
qo'ymasa, erkak boshqa, uni
hurmat qiladigan, ayolga zor
bo'ladi. Erkak oilada bo'sh
ekanligidan ranjib, boshqa ayolni,
ya'ni erkakni kuchli va hurmatli
qilib ko'rsatadigan ayolni izlaydi.
U ayol bilan o'zini zo'r deb his
etadi.
Xotin nima qilishi
mumkin: erining hurmatini,
ayniqsa bolalari oldida joyiga
qo'yishi kerak, eridan ko'ra ko'p
pul topsa, uni ta'na qilmasligi va
eriga minatdor bo'la olishi