yaseks.ru

484: Erkak xiyonati va yecimlari

Erkak xiyonati va yecimlari

Er xotin

Erkak nega xiyonat qiladi...

(sabab va yechim)

Har bir ayol eri (suyukli yori)

xiyonat qilishini istamaydi. Erkak

xiyonat qilishiga nima sabab

bo'larkan? Qanday qilib buni

oldini olish mumkin? Albatta

hamma erkak ham xiyonat

qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa

xotinini sevmaydi degan gap

ham emas. Erkakni xiyonat

qilishiga nima turtki bo'ladi:

1. Jismoniy holati

Erkakning jinsiy aloqaga bo'lgan

ehtiyoji uning organizmidagi

testosterongormoniga bog'liq.

Bu garmon qanchalik ko'p ishlab

chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga

ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi.

Ana shunday yuqori ehtiyojli

erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini

qondirolmay, boshqa ayollar

bilan aloqaga kirishadi.

Xotin nima qilishi mumkin:

bunday erkaklarni jismonan

jinsiy aloqada ehtiyoji katta

bo'lgani uchun, ayoli uni doim

qondirishga tayyor bo'lishi kerak.

Erkakning ehtiyoji yuqori

ekanligini qanday qilib bilsa

bo'ladi? Ko'pincha bunday

erkaklar turmush qurilganiga bir

necha yil o'tganiga qaramay,

jinsiy aloqani har kuni, yoki

kunda bir necha bor istaydilar.

Ular ko'pincha past bo'ylik,

badanida tuki ko'p bo'lgan

bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida

ehtiyojlarini qondirmasalar

jismonan qiynaladilar.

2. O'zidan ranjish

Agar ayol kishi erining qadrini

bilmay, eriga minnatdor bo'lishni

bilmay, doim muammolar haqida

gapirib nolaversa, erkak siqilib,

men ayol kishini baxtiyor eta

olmas ekanman deb o'zidan

ranjiydi. Shu payt boshqa bir ayol

uning harakatlarini, arzimagan

ishlarini maqtab, u erkakni ruhan

ko'tarib tursa, u erkak bilan unga

qanchalik yaxshi ekanligini

gapiraversa, erkak o'sha "U baxtli

qila oladigan ayol" tomon

o'girilib oladi.

Xotin nima qilishi mumkin:doim

erining ishini maqtab, qilayotgan

yaxshiliklariga minnatdor bo'lishi

kerak. Erining ishxonasida

muammolar bo'lganda uni to'g'ri

eshita bilib, shu payt uy ro'zg'or

muammolari bilan erini

qiynamasligi kerak. Erini doim

tabassum bilan kutib olishi, eri

uni doim (jinsiy aloqa davomida

ham) naqada

0 /