Bir Kenayi nomidan (kopirovat qilingan) xulosa sizda
Bu voqea o‘tgan kuni bo‘ldi.. O‘zimga xali xam kela olmayapman. Oilaliman, farzandlarim bor, 2 o‘g‘il va bir qiz. O‘zimni uyimda erim menga xiyonat qildi. O‘zimni yonimda.. Begona bo‘lsaku kechirar edim, begona bilan xam emasda.. o‘zimning jigarim bilan xiyonat qildi erim. Xam amakimni xam xolamni qizi bilan.. Ota onam egizak bo‘lishgan xamda opa uka bilan turmush qurishgan. Men uni o‘zimga shunday yaqin olardim, xammadan xam yaqin olardim. Mayli, erkak kishi, erimga ishonmasam xam, unga xar doim ishonar edim.
Men kasal edim, uyimga mexmonga keldi. Men o‘sha kuni dorilar ichib vaqtliroq uxlab qolibman. Soat kechki payt 7 lar edi. Uyda bolalar bor, u xam o‘g‘li va jiyani bilan kelgandi. Uni turmushi bo‘lmay ajrashgan. Men uni doim o‘zim bilan olib yurar edim, tog‘larga xam olib chiqardik, ko‘ngli yarim, ko‘ngli yozilsin deb. Shu sabab xam o‘zimga yaqin olib kelganman doim. Xullas, o‘sha kuni men kechki payt soat 7 larda uxlab qolibman, xali farzandlarim uyg‘oq edi. Bilmadim, Xudoni raxmi keldimi, yoki nima bo‘ldi tushunmadim, lekin uyg‘onib ketdim. Yotoqxonamda yotgandim, birdan uyg‘onib ketdim, qo‘limni ustida yostiq turgandi, yostiqda o‘sha xolamning qizini boshi turibtida, yonida erim ikkalasi o‘pishishyapti.. Meni shundoqqina yonimda, men chidolmadim. Qo‘limni ustida boshi turibti va ular.. tushunyapsizmi axvolimni?! Boshimni biroz kutarib, nima qilishni bilmay qaytib yottim. Erim unga “To‘xta, bolalar uxlasin, keyin davom etamiz” deyapti.. Xozir men u bu narsa qilsam, bular chiqib ketadi, men xech narsa qilolmay qolaman deb jim yottim, indamay. Chidadim... Bu ayol kishi uchun og‘irde.. (yig‘lab yuboradi)
Kuttim davomini.. nima bo‘lar ekan bularni davomi deb. Demak ularda bu birinchi marotaba emas deb o‘yladim . Keyin bolalarning shovqini eshitilib qolib, ular ikkalasi o‘rniligidan turib ketishdi. O‘zim domda turaman, 1chi qavati bo‘lgani uchun xovlichamiz xam bor. Uyga kiraverishda qizlarimni kichkina xonasi va u yerda kichkina divan turadi. Bolalar esa shu kuni