Erkak xiyonati va yecimlari (2-sahifa)
baxtiyor
etayotganini bildira olishi kerak.
3. Sifatli jinsiy aloqa
Jinsiy aloqa davomida erkak
istagan narsalarni xotinidan
so'ray olmasligi, yoki so'raganda
rad javobi olishi uni xiyonat
yo'liga boshlaydi. Erkaklar jinsiy
aloqaga alohida ahamiyat
beradilar. Ularning bu borada o'z
istak va orzulari ham mavjud.
Agar bu istak-orzularini o'z xotini
amalga oshira olmasa, yoki hotini
bundan bosh tortsa, ular boshqa
ayol bilan istaklarini amalga
oshirishga harakat qiladilar.
Xotin nima qilishi
mumkin: avallambor eri bilan
jinsiy hayoti haqida gapira olishi
kerak. Jinsiy aloqa davomida
unga yoqadigan va yoqmaydigan
tomonlar haqida gapira olishi
lozim. Erining istaklarini eshita
olib, bu haqda gapirib, ularni
sifatli amalga oshirishga harakat
qilishi kerak. Erining bu boradagi
talab yoki iltimoslarini rad
etmasligi kerak. Lekin shu
qatorda o'z talab va istaklarini
bayon eta bilishi kerak. Er - xotin
orasida bu boradagi
anglashmovchilik butun hayot
davomida ular munosabatlariga
salbiy ta'sir ko'rsatib kelishiga
olib boradi.
4. Xotinining o'ziga qaramay
qolgani
Ko'pincha ayolar turmushning
boshida o'ziga qarab yurib, bola
tug'ilgandan keyin eriga yoqimli
bo'lish kerak ekanligi haqida
unutib yuboradilar. Bola bilan
ovora bo'lib o'z ko'rinishi,
muomalasi, yurish-turushi haqida
o'ylamay qo'yadilar. Bunday holat
erkakni biroz sovushiga, yoki
xotiniga faqat farzandlari onasi
sifatida qaray boshlashiga olib
keladi. Xotin er uchun avallambor
ayol bo'lishi kerak.
Xotin nima qilishi mumkin:
eringizga yoqimli bo'lishingiz
kerakligi haqida unutmang. Bu
degani uyda bo'yanib, yasanib
yurish degani emas. Lekin yirtiq
kiyim, kir sochlar, badanning toza
emasligi hech bir erkak uchun
yoqimli bo'la olmasligi haqida
unutmang.
5. Eriga nisbatan ishonchsizlik
Ayrim xotinlar erini kunda yurish
- turushini tekshirib o'tiradilar.
Ishxonaga telefon qilib
haqiqatan ishda ekanligini bilib
oladilar, uyga kech kelsa tergov
qiladilar, aytayotga