yaseks.ru

963: Sinfdoshim guli 14 muallif kamolov

Sinfdoshim Guli 14 (muallif : kamolov)

O‘qish davrida

"... Men unga pulning qolganini 6 oydan keyin yuborishimni va sababini aytib berdim. U bundan judayam tasirlanib ketdi. - Men shu paytga qadar uylanmadim, sababi men uylanadigan payt juda kambag`al edi. shuning uchun sevgan qizimning ota onasi qizini o`zga bir boy odamga beri. Mana endi boyman, pulim o`zimga yetarli lekin sevgan qizimga yetisha olmadim. U yigit qizni shunchalar sevar ekan. Menga uni pullari kerak emas. Operatsiyani tekinga qilaman, dedi korealik jarroh. Bu pulni o`zinggizga ishlating endi Farruhjon" deb yozilgan ekan. Men bir muddat ko`zlarimga ishonmadim va smsni qayta qayta o`qib chiqdim. Sms kelgan raqamga qo`ng`iroq qildim. Ikkita chaqiruvdan keyin doktor go`shakni ko`tardi:

- Alo.

- Assalom aleykum doktor.

- Valeykum salom Farruhjon yaxshimisiz.

- Yaxshi raxmat. Smsingizni xozir o`qidim. Shu rostmi.

- Xa. Gulini operatsiya qo\ildik. Bir oy oldin miyasini xam operatsiya qildik. Lekin hali o`ziga kelgani yo`q.

- Nimaga o`ziga kelmadi doktor.

- U xozir komaga o`xshash xolatda, qachon o`ziga kelishi nomalum. operarsiya qiyin kechdi. Bu yog`i endi xudodan.

- Doktor iltimos biron ilojini qiling.

- Biz qo`limizdan kelganini qildik.......

U yog`i qulog`imga kirmadi, go`shakdan doktorning nimalarnidir gapirgani g`ira shira eshitilardi. Men esa Guli xaqida o`ylardim. Endi nima bo`ladi. Ishqilib tuzalib ketsinda.

Oradan olti oy o`tib men uyga qaytdim. O`sha siz bilgan o`rtog`im meni kutib olishi kerak edi. Aeraportdan chiqib unga qo`ng`iroq qildim. Yo`lda mashinasi buzilib qolganini va 15 minutda yetib borishini aytdi. Men aeraport tashqarisidagi o`rindiqlardan birida o`tirib uni kuta boshladim. Uydagilarga qo`ng`iroq qilib eson omon kelganimni va bir 2 soatlarga borishimni aytdim. Telni qo`yib yo`lga termulib o`rtog`imni kuta boshladim. Bir payt kimdir orqamdan kelib ko`zimni yopdi. Buni umuman kutmagandim. Kimdir adashdi deb o`yladim va qo`lini ushladim. Ko`zimni ochib orqamga qarasam.... Vo ajab qarshimda jilmayib Guli turardi. Quvonchdan sakrab ketay dedim. Uning

0 /