Sinfdoshim Guli 11 (muallif : kamolov)
Kasalxonaga bordim. Guli yotgan xonani eshigi qiya ochiq ekan. Sekin mo'ralasam oyisi o'tirgan ekan. Yo'lakda o'tirib biroz kutdim. Endi ketaman deb turgandim. Eshik ochilib, oyisi xomush holda mayda qadamlar bilan palatani tark etdi. Sekin Gulini xonasining eshigini ochdim. Yo'lda supermarketdan u yoqtirgan shokolad olgandim. Eshikni taqillatdimda o'zim kirmasdan shokoladni ko'rsatdim. Ichkaridan:
- Farruuuuh, degan ovoz keldi.
-Yaramas qatdan bilding?
- Nimani?
- Menligimni.
- Sendan boshqa kimam bo'lardi, boyadan beri koridorda o'tiribsan bilaman.
- Qatdan bilding?
- Haliyam oliftaliging qomagan, kecha sepgan atiringni hidini eslab qoluvdim. Bugunam o'sha atirga cho'milib kelibsan. Oyim bugun yonimda qomoqchiydi. Kelganingni sezib uyga yubordim.
- Hm. Negadir honangda bo'g'ilib ketyabman mundoq derazani ochib yotmisanmi.
Toza havo kirib tursa sog'liqqayam foydali.
Borib derazani ochgandim xonaning havosi darrov o'zgardi. Gulining ham yuzi biroz yorishdi. Uni yonida o'tirdimda qo'lidan ushlab ko'nglini ko'taradigan gaplardan gairib o'tirdim. Maktab davridagi qiziqarli voqealarni esladik. U kulib yotardi lekin ko'zining chetidan yosh sizib chiqardi. Men esa bu yoshni ko'rmaganlikka olib gapirib o'tiraverdim.
- Bilasanmi Guli, men sening kechagi axmoqona taklifingni o'ylab ko'rdim va men roziman.
- Ya'ni?
- Operatsiyaga rozilik ber. Sen nima bo'lganda ham yashashing kerak. Bu qarorga kelish mengayam oson bo'lmadi. Lekin sen baribir yashashing kerakku. Hech bo'lmasa shuni o'zi meni yashashim uchun yetarli sabab bo'la oladi.
- Hhhop, men roziman.
- Men bir ikki kunga Rossiaga ketaman. Boshlig'im chawirib qo'ymayabdi. O'rnim bilinayotgan emish. Yana bir yil ishlab kelmasam bo'lmaydi.
- Mayli...
- Eee bu nimasi yana yig'layabsanmi Gulliiiiii.
- Yana seni sog'inarkanmanda.
- Shu oxirgi ketishim so'z beraman. Xozir ishlash kerak ayni kuchga to'lgan payt. Uylangach xotinni quchog'idan ketging kelmay qoladi.
- Jinni, seni hayoling faqat o'sha narsada.
- Ha endiii...