Sinfdoshim Guli 13 (muallif : kamolov)
" Salom Farruhjon yaxshimisiz? Esingizdami menga pasportingizni nushasini qoldirib ketgandingiz? Men sizdan ming bora uzr so`ragan holda pullaringizni bankdan o`zingizga yuboryabman..." shu yeriga kelganda ishxonamizdagi bir bola yonimga kelib boshi og'riyotganini aytib javob so'radi. Men mayli dedimda hujjatlarim turadigan sumkadan kvartiraning kalitini olib bervorish uchun kiyimlar turadigan xonaga kirdim. Qarasam sumkam yo'q. Ichida barcha hujjatlarim, kalit, telefonimni zaryadkasi va 1000 $ pul bor edi. Bolalardan birma bir so'rab chiqdim hechkim ko'rmabdi. Aksiga olib o'sha xonada kamera ham yo'q edi. Yuragim potirlay boshladi. Kim olgan bo'lishi mumkin. Tashqariga 3 ta kamera o'rnatilgan. Darrov tekshira boshladim. Yarim soat oldin soqollari o'sgan va kepkani bosib kiygan bir bola huddi avvaldan kelib shu yerda ishlab yurgandek ichkariga kirib ketdi. Ikki daqiqa o'tar o'tmas sumkamni taqib chiqib ketibdi. Hechkim etibor bermagan. Chunki u shoshmasdan chiqib ketgan. Peshanamdan sovuq ter chiqib ketdi. Darrov yugurib tashqariga chiqdim va ishxonaning atrofidagi axlat qutilarni birma bir qarab chiqdim. Shu atrofdagi dvorniklar bilan gaplashib agar pasport va yana bir ikkita hujjat topib olsangizlar qo'ng'iroq qiling rozi qilaman dedim va nomerimni berib chiqdim. Dadamga qo'ng'iroq qildim va yashash joyidan malumotnoma olib menga yuboring pasportimni yo'qotdim dedim. Ertasiga elchixonaga bordim. Dadam yuborgan ekan. Spravkani olib, suratga tushdim va elchixonaga vaqtinchalik pasport olish uchun kirdim. Uchort ko'p ekan navbatga turdim. Ishonasizmi yarim soatda bir qadam yurardik. Chunki ayollar va kasallarni navbatsiz o'tkazishardi. Bir amallab navbatim keldi va qo'limga anketa berishdi. Uni to'ldirib yana navbatga turdim. Ikki soatlarda navbatim keldi va kassaga o'tkazib yuborishdi. Kassaga pul to'lab kvitansiyani oldim. Endi vaqtinchalik pasportni kutishim kerak. Soatga qarasam 15:00. Men soat 9:30 da navbatga turgandim. Na hojatga bordim, na ovqatlandim. Birinchi navbatda hojatga