10 kunlik kelinchak... (4-sahifa)
marta teyilgandek titroqlari... man usha kuni unga xechkim teymaganligiga ishonchim ortgan edi. Hullas qiz haqiqiy aktrisa bo’lib chiqdi. Man oyimni oldilariga ketganimdan foydalanib yigitni jizzaxdigi paxtadan chaqirtirvobdi, va ertalab sipirishga chiqish baxonasida yigit bilan moshinaga o’tirib qochib ketishibdi. Yigitni uyiga borishgan, yigitni akasi “bu kelinlik uyidan qochib keganakan, ertaga militsiya sanlani qattan bo’sayam topadi sani qamatvoradi, borib uyiga tashab kel, bosh og’rig’ini nima qilasan” dib yigitni urishibdi, yigit qizni tashab uyidigilariga qiziz mani boshqa bezovta qimasin dib ketib qopdi. Bizani uyimizdigilaga esa qizni chorsudan topishganini etishgandi. Yigit qizga qattiq xaqoratlar bilan boshqa bezovta qimasligini tayinlagan, qiz yigitni bu qarorlaridan qattiq shokka tushgan va o’zini qo’lga olib kelinlik uyida man bilan umrbod baxtli yashashga qaror qilgan ekan.” Bu xaqiqatlarni eshitib mani ichimda olov yondi, mehr, ishonch o’rniga qattiq nafrat egalladi, akam, opamni gaplaridan keyin o’zimga keldim, shayton vasvasalaridan chekinib Alloh bandasi musulmon ekanligimga va Alloh sinovlariga shukur qilib uyga kirdim. Spalnida kelin yig’lab turgandi, shirin gaplar gapirdim. Kelin mani hichnarsa bilmagan dib o’yladi. Hammamiz o’zimizni bosvogandik. Chiroyli gaplar bilan moshinaga o’tirdik, va borgunimizcha unga “tovba qigin bu gunohlaringa Alloh kechirimli balki kechirar’’ dib qulog’iga nasixat qilib bordim. Uyiga olib kirdim, bor gapni ota-onasiga etdik va kelinga uch taloq berdim va uydan chiqib ketdik. Qizning bu gunoxi kasriga butun qarindosh urug’ yuzi yerga qaradi. Qizni uyidigilari o’sha yigit bilan shunchaki birbirini sevib qolishgan dib o’ylashgan ekan, qizni otasi esa yosh qizimni ajrashgan yigitga bermiman digan ekan. Qizni zo’rlaganini va shundan keyin zinolar davom etganini esa hechkim bilmagan ekan. Yigitni topib kelishibdi, yigit barini tan olibdi va baribir qizga aybni qo’yib kerakmas bu qiz dibdi, yigitni rasa urib tepib tashashibdi, yigit