Madina
Bahorning aprel oyi edi. Gulistonning markazida yashaydigan Madina uyidan chiqib , shaxar parki tomon yo’l oldi. U shoshilib borar, goh yugurar, goh sekin yurardi . Chunki uni manzilda sevgan yigiti kutmoqda edi.
Park o’zi bilan juda achinarli manzarani namoyon qilardi. Bu joyning faqat park degan nomidan bo’lak hech narsasi yo’q edi. Biroq visol onlarini qumsab kelgan Madina uchun bu yerdanda ajoyib joy yo’q edi dunyoda.
Demak, Madina kelishilgan joyga, ya’ni parking markazidagi skameykalarning qizil ranglisini oldiga kelib turdi. Uning tanlaganidan esa darak yoq edi.
Madina bunga ko’nikib ham qolgan. Sobir ishli yigit bo’lgani tufayli barcha vaqtini suyganiga bera olmasdi.
Sobir kelgach Madina bilan bir-necha bahtli soatlarni birga o’tkazishdi. Shu tariqa oylar o’tib ketdi. Kunlarning birida qiz aylanishdan uyga qayt- gach, mexmonxonada onasi bilan o’tirgan sovchilarni ko’rdi. Daxshatdan uning oyoqlari qaltirab ketdi. Chunki madinaning otasi qizining adi-badisiga quloq soladigan odam emas edi.
Qiz noiloj mehmon dushmanlarga choy berdi. Qani endi zahar bo’lsa-yu, qo’-
shib bersa. Madina ko’zga yaqin qiz bo’lgani uchunmi, qomati raso bo’lgani tufaylimi, oilasi yoqgani sababmi, sovchilar shu qizdan boshqani kelin qilmaymiz deb turib olishdi.
Ularning oilasi ham qizning otasiga maqul bo’ldi. Qizning oh-zoriga qaramay non sindirildi. Madina uchun eng ogir zarba hali oldinda edi.
U Sobir akasining oldiga borib, dardini to’kib soldi. Yigit uning gaplarini tinglagach, o’zi ham uylanayotganini aytdi. Madinaga baxt tiladi.
Endi qiz taqdirga butunlay ten bergan edi. To’y kuni belgilandi. Yigit bilan uchrashuvga chiqishga qiz qatiyan qarshilik bildirdi. Peshonamdagida, to’ydan keyin ko’rarman -derdi u.
To’y kuni Madina kelinlik libosida, yangi uyiga ketish uchun tayyor bo’lib turardi.Kuyov bola Madinaning uyiga oq Lasettida keldi. Doiraning qasir-qusurida kuyov navkarlar sho'x o'ynashar edi. Madina ularning shodon tovushlarini eshitar, ichiga sham yoqsa yorishmasdi.
Kuyov