Sinfdoshim Guli 17 (2 fasl kamolovdan) tanlov uchu (2-sahifa)
uning gapidan jahlim chiqib yuziga tupirib yubordim. Uning jahli chiqib meni yotgan joyimda tepkilab tashladi. Bir payt boshimga tekken tepkidan hushimni yo`qotdim. Yuzimga sepilgan sovuq suvdan o`zimga keldim. Qarasam mashinaning ichida o`tiribman. Yonimda o`sha haydovchi sigareta chekib tirjayib o`tiribdi:
- Ha? o`zingga keldingmi? Hullas gap bunday , hozir seni kasalxonaga olib boraman va sen mashinaning oldiga o`zim chiiqib yubordim deb aytasan tushundingmi?
Uning bu gapidan yana jahlim chiqdi va yana uni yuziga tupurib yubordim. U yana mashinaning ichida meni do`ppposlay boshladi. Kamiga yonidagilar ham qo`shilib urishdi. qochishning umuman iloji yo`q. Har tarafdan tepki va musht kelardi. Bir payt qorin qismimga berilgan zarbadan kuchli og`riqni sezdim va yana hushimdan ketdim. Uyg`onsam shifoxonadaman. Palatada oyim va Guli o`tirishibdi. Meni o`zimga kelganimni ko`rib darrov shifokorni chaqirib kelishdi. Doktor kelib meni tekshirib ketdi va havf ortda qolganini aytdi. Men nima bo`lganini eslashga harakat qildim. Turmoqchi edim qornimdagi og`riqdan yana yotib oldim. E`tibor bermagan ekanman qarasam qorin qismimda bind yopishtirilgan. Oyimdan nima bo`lganini so`radim va oyim birin ketin hammasini aytib berdi. Qisqasi meni urib yuborgan haydovchi puldor odamni o`g`li ekan. Meni shifoxonaga olib kelibdi va Glavrachni o`g`zini pul bilan yopibdi. Dadamga telefon qilishibdi. Dadam darhol qo`shnimiz bilan yetib kelibdi. O`sha meni urib yuborgan bolaning dadasi dadamni rosa siquvga olibdi va uni qo`rqitib hamma aybni meni bo`ynimga to`nkabdi. Kamiga shikoyatim yo`q ayb bolamda deb tilxat yozdirib olibmoqchi bo`libdi. Ertasiga sudda ishlaydigan tog`am kelib hammasini bir chiziqqa teribdi va o`sha bolani ustidan jinoiy ish ochilibdi. Glavrachni poraxo`rligi uchun ishdan bo`shatishibdi. Meni esa talog`im ezilib ketgan ekan olib tashlashibdi. O`sha kuni oldimga tergovchi keldi va nima bo`lganini so`radi. Meni hammasini aytib berdim. Albatta esimda borini. Lekin davoim yo`qligini aytib Dadam