yaseks.ru

546: Er xotin jinsiy ishlari 2

eR XOTIN JINSIY ISHLARI (2-sahifa)

Er xotin

va holatlari o'zgarishi ro'y beradi xolos.

Muammoni hal qilish yo'li esa bu emas. Muammo

munosabatlarda. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or ishlari

bilan band bo'lgan ayolning jisniy aloqaga

qiziqishi qancha bo'la oladi? Kechqurun farzandi

uxlaganda uning eng katta niyati yotib miriqib

uxlab olish emasmi? Yoki ro'zg'ori but bo'lishi

harakatida yurgan erkakning fikri-hayoli moliyaviy

muammolarda bo'lib, jinsiy aloqaga faqatgina

jismoniy ehtiyoj sifatida qaray boshlagani

zerikarlik emasmi? Bu muammolarning birgina

ko'rinishi xolos, hamma oilada ular turlicha

bo'ladi, lekin ta'siri aynan jinsiy munosabatlarga

tegadi.

Shunday ekan, avallambor er-xotin jinsiy

munosabatlari salbiy tomon o'zgarganini sezsa,

uning holatlarini va turlarini o'rganmasdan er-

xotinning o'zaro bo'lgan ruhiy munosabatlariga

ahamiyat berishlari lozim..

Xotini kuni bilan charchamoqdami, demak uning

ham dam olishi uchun imkoniyati bo'lishi kerak.

Erkak kishi ko'chada moliyaviy muammolarni hal

qilib kelayotgan bo'lsa, uni uy muammolari bilan

qiynamaslik maqsadga muvofiq bo'ladi. Oilada

bog'cha yoshidagi bolalar bo'lsa, ba'zida ularni

buvilariga qoldirib eri-xotin yolg'iz qolishi juda

kerak bo'ladi. Lekin bu yo'llar jinsiy munosabat

uchun emas, balki er-xotin bir-biriga boshqa

nazar bilan, charchovsiz holatda mehr va

tushunish bilan qaray olishi uchun mo'ljallangan.

Muhimi, er-xotin ruhan bir-biriga yaqinlashishidir.

Erning xotiniga yordami, xotinining eriga bo'lgan

mehri va parvarishi, oilada tinchlik va hotirjamlik

bo'lishi, bollarning salomatligi hammasi juftlikni

bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. Lekin uyda har

kuni biron muammo yuz bergan, erkakning ishida

qiyinchiliklar, uyda bolaning salomatligi tufayli

ona charchagan, qarindoshlar tufayli er-xotin

janjallashgan va boshqa shu kabi muammolar er-

xotinni bevosita ruhan uzoqlashtira boshlaydi.

Sevgan inson har doim o'z minnatdorchiligini,

sevgisini jinsiy aloqada namoyon qilishni istaydi.

Uning

0 /