yaseks.ru

487: Bir kenayi nomidan kopirovat qiling 2

Bir Kenayi nomidan (kopirovat qilingan) xulosa sizda (2-sahifa)

Er xotin

esa shu kuni mexmonxonada joy solib yotishgandi. Ular mening oldimdan chiqib ketishganidan so‘ng oradan 5 daqiqa o‘tdi. Ular ikkalasi bolalarni uxlashga yotqizishdi. Uni orasida erim kelib meni tekshirdi uxlayaptimi yo‘qmi deb. Yotgan joyimdan o‘rtaroqqa surib xam qo‘ydi, men o‘zimni uxlayotganga soldim. Davomini ko‘rishim kerak, bilishim kerak nima bo‘lishini deb chidadim. Bir payt chiqishavermadi.. jim bo‘lib qolishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, o‘sha kichkina xonada ikkalasini soyasi ko‘rindi. O‘rnimdan turishga kuch topdim.. farzandlarim xali uyg‘oq ekan.. o‘rnimdan turib o‘sha xonaga bordim. Ularni ikkalasini ustiga chiqib qoldim.. erim yotibti, ustida xolamni qizi o‘tiribtide... (yig‘lab yuboradi) tepasida turdim.. 5 daqiqa tomosha qilib turdim shekilli, o‘zimni bilmadim.. va birdan “Bollarni uxlashini kutolmadinglarmi” deb baqirib yubordim. (yig‘laydi)

Mexmonxonadan qizim yugurib chiqdi. Qizim “dacha”daxam ularni o‘pishganini, quchoqlashganini ko‘rgan ekan, bu yozda bo‘lgan voqea.. bu birinchi martta emas ekan, men bilmay yurgan ekanman. Meni xamma ogoxlantirgandi, extiyot bo‘lgin, eri yo‘q, eringga ishonma deb, mayli erim yomon bo‘lsa xam, u mani jigarimku,xolamni qizi, manga bunday yomonlik qilmaydi deb etardim xammaga. Xozir xech kimga etolmayapman bu narsalarni... (yig‘lab yuboradi) nima qilishga boshim qotib qoldi. Nima chora ko‘rishni xam bilayapman..

Boshqa xolam borlar, faqat ularga etardim xamma dardimni, ichimdagilarni. O‘zimni ota onam vaqtli xayotdan o‘tib ketishgan, o‘zim bitta qizman. Shu xolamga telefon qildim chidolmasdan. Xola, mana shunaqa bo‘ldi deb etib bersam, ular xam siqilib ketdilar nima qilishni bilolmay.

Shu voqea kuni erim uydan chiqib ketdi, xolamni qizi bolalar bilan mexmonxonada qoldi. xaydab yuboray desam yarim kechasi, uni xam bolasi bor. Uyga borsa onasining saxar kasali bor, saxari ko‘tarilib bir narsa bo‘lib qolsa, men o‘zimni kechirolmayman, mayli bu yomon bo‘lsa xam, onasiga bir narsa bo‘lsa o‘zimni aybdor sezib yurama

0 /