Latifalar ( copy ) (3-sahifa)
uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo‘lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo‘lgan ekan...
Boy:
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni o'chirib qo‘y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o‘chirib qo‘yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo‘l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy:
— Xavotir olma xotin, kovushim qo‘ltig‘imda!
Bir kishi, boshqa shahardagi oshnasinikiga 2-3 kunga mehmonga kelibdi. Oshni yeb bo‘lishgach, xaligi mehmonni juda qovun yegisi kelibdi. Mezbon ham negadir qovun olib chiqmabdi. Toqati toq bo‘lgan mehmon uy egasiga debdi:
— Oshna, qovun yegandan keyin qayerda yotaman?