Latifalar ( copy ) (2-sahifa)
Yo‘q.
— Men shu shaharning jinnilaridan bo‘laman. Har oyda uch kun jinni bo‘laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.
Yarim kechada uchta mast kishi temir yo‘ldan ketisharkan, biri dedi:
— Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
— Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
— Hechqisi yo‘q, ana lift kelyapti, - dermish.
Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani o'chirib:
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir uribdi. shunda Taksichi ichida obbooo bunisi sezib qoldiyu deb o‘ylab tursa...
Uchinchi mast:
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.
Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Yo‘q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o‘tib chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmasmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
— Haaa, endi bolam gap yo‘g‘ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?, - desa negrni jahli chiqib:
— Ha Mirzacho‘ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
— Unda nega negrlarga o‘xshaysan?, - dermish.
Erkaboy mini marketda savdo qilib o‘tirsa, Ziyo yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so‘rabdi.
Erkaboy:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - dermush.
Itingizga qarasangiz bo‘lmaydimi, qo‘shni? Kecha shunaqangi vovulladiki, qizim qo‘shiq aytish mashqini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
desa qo'snisi: — Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo‘lib boshladi.
Judayam ziqna boy bo‘lgan ekan. Bir kuni qo‘shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o‘tirgan ekan, uydagi shamni o‘chirib keldimmi yo‘qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo‘l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o‘ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri