Orzular kechasi... (Super XIT)
Orzular kechasi...
Yoxud ziyofatning davomi...
Yaqin, yaqingacha men qizlarni ideyalidagi yigit emasdim. Boʻyim oʻrtacha, ortiqcha vaznim bor edi. Xotinimni xiyonatidan soʻng, bir muddat tushkunlik kayfiyati meni tark etmadi. Soʻng ichki bir ishonch yuzaga chiqdi. Buni qanday boʻlganini bilmayman, shunchaki koʻzgudagi aksimga qarab turib oʻzgarishim kerakligini angladim. Albatta 38 yoshda, bu oson kechmadi, ammo qatʼiyat, talabchan sport trener va usta sartarosh nafaqat tashqi koʻrinishimni balki dunyo qarashimga ham tasir oʻtqaza olishdi. Bu men uchun moʻjiza boʻldi. Yangi imij, oʻzimga boʻlgan ishonchimni oshirdi. Endi hamma, hammasi boshqacha kecha boshladi. Ishim, boshliqlar, xodimlar bilan munosabat, barchasi yuqori choʻqqida edi. Faqat oilaviy hayotimdan boshqa...
Qiziq, xotin degan maxluqni bemazasiga uchrab qolsang, shunday bezitib, uylanish haqida falsafiy fikr yuritadigan qilib qoʻyarkan. Yoshim oʻtsa oʻtib ketsin, munosibi topilguncha, kutaman yoʻqsa toq oʻtaman! Oʻzimga soʻz berdim.
Gap deb gapiraman-u, lekin erkakni jinsiy aloqalarsiz yashashim oson emas, yana kun davomida ayollar orasida boʻlsang!
Bir necha yillardan buyon oʻrtamiyona mehmonxonada koʻplab ayol xodimlar bilan ishlayman. Koʻpchilikni nazorat qilganingdan keyin, kimgadir yoqasan, kimdir yoqmaysan. Shunga qaramay, bir nechta koʻzga yaqin, yosh hamkasb qizlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatdim.
Oʻhho, bu qizlar haqida ikki ogʻiz soʻzlab oʻtaman. Yarim yil avval, bir xomkalla, maʼmurimizning allaqanday tashabbusli dasturi asosida qabul qilingan edilar. Yumshoq aytganda ular birmuncha shaddod, soʻzamol, mijozlar bilan tez muloqot oʻrnatishadi va ijtimoiyi tarmoqlarda, faol qizlar. (Qisqasi yengil tabiyat, goʻzallar kvarteti.) Bu mehmonxona manfaati uchun qilingan omadli tajriba boʻldi.
Mehmonxona manfaatidan, daromad yaxshi boʻlsada, maʼnaviy yondashuv tubanlashib borayotgani uchun, hech kim bizni tanimagani maʼqul. Yurtimizning qaysi qismida boʻlmasin biz bilan toʻqnash kelishingizni xolamagan boʻlardim.