IKKTA SELKA OLDIM BIR MAZZA (2-sahifa)
vaqtlarga qaytaman.
- Yaxshi. Bojamga salom deb qo'y.
- Xo'p.
Niluga opasi bugun kelmasligini, mehmonga to'g'ri o'tib ketishini aytdim.
- Bu yog'i qiziq bo'ldi-ku!
- Nega?
- Men uydagilarga bugun shu yerda yotib qolishimni aytibman.
- Agar sen ularga shunday aytib kelgan bo'lsang, yotib qolaver shu yerda, qarshiligim yo'q.
- Zamira opam yo'q, qanday bo'larkin.
Niluning bu gapidan menga ham xohishi borligi sezilib qoldi.
- Qanday emas qandday bo'ladida Nilu xonim. Kel bugun ikkalamiz bir chaqchaqlashaylik. Sen shu yerda o'tirib tur, men magazindan u-bu narsa olib kelaman.
- Ko'p kuttirib qo'ymassiz Sanjar aka?!
Ko'zlarimga ishonmay, oyog'imni qo'limga olib, magazinga chopdim.
Magazindan "Qora marvarid" vinosidan, o'zimga pivo, kolbasa, shokolad va yana bir narsalar olib, uyimdagi sohibjamolning yoniga qaytdim. Kelsam Nilu yengilgina uy kiyimida bo'lib olibdi. Qarashlariyam jonni oladi bu qizning. Nilu chiroyli dasturxon tuzadi. Yedik-ichdik, Nilu uncha ichmas ekan, yaxshigina kayf bo'lib qoldi. Men ham qizib olib jur'atim oldingidan ham oshib qoldi. Sekin Niluni yelkasidan quchmoqchi bo'lsam, u birdan yig'lay boshladi. Qilig'imdan afsus chekib qoldim.
- Ha Nilu, nega yiglayapsan? Bizdan ayb o'tdimi?
- Yo'q! Sizdan xafa emasman, taqdirdan xafaman.
Dardi esiga tushib qoldi buning, deb o'ylanib qoldim.
- Nilu, xafa bo'lma hammasi yaxshi bo'ladi. Hali baxtingni topasan.
- Sanjar aka!
U birdan jimib, menga termulib qoldi.
- Ha, Nilu!
- Sizga men hali hech kimga aytmagan sirimni aytmoqchiman. Hatto Zamira opamga ham aytmaganman bu sirni.
- Nega menga ishonayapsan siringni Nilu?
- Chunki siz erkak kishisiz, qolaversa menga yordamingiz ham kerak. Va'da bering bu narsala o'rtamizda qolsin.
- Xavotir olma o'rtamizda qoladi. Tinchlikmi o'zi?
Birdan Niluning ko'ziga yana yosh kelib, menga dardini ayta boshladi.
- Sanjar aka, xabaringiz bor men qo'shnimiz Jamshidga turmushga chiqqan edim.
- Ha, Jamshidni taniyman. Yaxshi bola.
- Shu meni qiynaydi-da. To'yimiz bo'lganiga 6 oy