ORGAZM 2-qsim (2-sahifa)
o‘z
qulidadir. Ayollarning ko‘pchiligi
bitta orgazm bilan qoniqmaydilar
va yana bir necha orgazmni his
etish ehtiyojida bo‘ladilar. Shuning
uchun ayol jinsiy qoniqmasdan turib
erkak kishining tuxtab qolishi ko‘p
hollarda ayolning ham holatiga
soya soladi. Yo‘q, bundan
kayfiyatingiz tushmasin, bu
holatdan ham ustalik bilan chiqish
mumkin. Erkak kechinmalarini ham
anglamoq kerak. Erkak kishi o‘z
orgazmidan so‘ng ma’lum vaqt
«jinsiy tanaffus» qilishga ehtiyoj
sezadi. Tanaffus qilmagan taqdirda
ham qinning me’yoridan ortiq
namlanishi va olatning ilgarigi
(orgazmgacha) taranglik holatining
kamayishi erkak kishining ham,
ayol kishining ham lokal hislar
samarasini pasaytiradi, bu esa, o‘z
navbatida, ayol kishi tomonidan his
etiladigan orgazm sifatiga ta’sir
qiladi, hissiyotning o‘tkirligini
pasaytiradi. Shu bois ayol kishi
bunday paytlarda yana ham
nazokatli bo‘lishi, pinhoniy
tuyg‘ularini samimiy va erkin
yuzaga chiqarishi, shu tuyg‘ularni
jufti haloliga o‘tkaza olishi lozim.
Shunda ular yana jufti halolining
lazzatli og‘ushida bo‘ladilar.