Fohishalar oilasi (onasi, qizi, xolasi...)
2018-yil 20-aprel
Bo’stonliq tumani
-Ovsin, eshitdingizmi? Bugun ertalab soydan odamlarning o’ligini topishibdi.
-Voy tavba, o’zi asrasin. Nimalar deyapsiz? Rostanam shunaqa bo’liptimi?
-Ha, ertalab Abdurahim ota nabiralari bilan qo’ylarini haydab qirga ketayotgan ekan. Soydan o’tishayotsa to’rt-besh joyda itlar yig’ilib olib bir-biri bilan talashgancha nimanidir g’ajishayotganmish. Boboning ikkita bo’ribosari itlar tomonga yugurib ularni quvib solibdi. Abdurahim ota borib qarasa, odamning o’ligi yotganmish. Badanlari ishib ketgan, buning ustiga itlar g’ajib tashlaganidan erkak yoki ayolliginiyam bilib bo’lmasmish…
Ikki qo’shni ayol o’zaro suhbatlashib turishgan paytda ularning suhbati mavzusi bo’lgan tanalar morgda turli hujjatlarni rasmiylashtirish va noma’lum odam bo’lib ko’milishdan iborat qismatlarini kutib yotishardi.
2018-yil 1-yanvar
tungi soat 04:30.
Polsha
Tog’lar etagidagi o’rmonzorda joylashgan chang’i klubiga qarashli mehmonxona tun qo’ynida ohista mudramoqda. Bir necha soat avval yangi yilni kutib olgan odamlar dong qotgancha uyquda. Mehmonxonaga olib keluvchi o’rmon orasidagi yo’lning ikki tomonidagi va bino yo’laklaridagi chiroqlargina yoniq. Osmondagi to’lin oyning mayin nurlari qalin qor ko’rpasida kumushdek tovlanmoqda. Besh qavatli inshootning uchinchi qavatidagi yagonagina derazadan nur ko’rinib turardi. Ushbu xonaning eshigi oldidaan o’tayotgan qorovul ichkaridan chiqayotgan ayol va erkakning ehtirosli ovozlariga biroz quloq solib turdida, miyig’ida kulib qo’ygancha yo’lida davom etdi. “O’h-ho’, bu yerda bayram hali ham avjida-ku, ha mayli, biron narsani sindirib qo’yishmasa bo’ldida. Qolganiga men javob bermayman. O’zlari qanday xohlashsa, shunday yashashsin,” – hayolidan o’tdi soqchining.
Ichkarida esa erkak va ayolning ovozlari tobora balandlashib borardi. Xonada mushakdor, 45-50 yoshlar chamalik erkak 38-39 yoshlardagi baland bo’yli, ko’kraklari katta, tundek qora sochlari beligacha tushgan, ingichka qoshlari qora ko’zlari ustida ipdek tortilgan, sutdek