Qaynona-Kelin... Super hikoya... (TuNGi_HaMRoX dan yangisi!!!) (2-sahifa)
edi. Zarina esa kollejni tamomlab institutga 1-kursda o'qiyotgandi. Oyning o'n beshi yorug' bo'lsa on beshi qorong'u bo'ladi deganlaridek, aqlini yig'ib olmagan bu oilani taqdiriga ham birin ketin kulfatlar yog'ila boshladi. Tungi maishatdan mast holatda moshinani orqa o'rindig'iga ikkita ofatijonni o'tqazib shaxar chetidagi kvartiraga ketayotgan ulfatlar ro'paradan kelayotgan moshina bilan to'qnashib ketishdi. Buning oqibatida Rustam aka qattiq jarohatlanib shifoxonada olamdan ko'z yumdi, Mahmud aka esa bir umrga nogironlik aravachasiga mixlandi. Otasini o'limini eshitgan Timurni hatto ko'ziga yosh ham kelmadi, uyga qaytishni esa hayoliga ham keltirmadi. Onasining yig'lab qilgan qo'ng'irog'iga esa qisqagina qilib hozir borolmayman ruxsat berishmaydi deb javob berdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay ularni firmalari Soliq idoralari tarafidan tekshiruvga olindi, natijada ancha kamomad va qing'ir ishlar ochilib qoldi va Mahmud akani qamoqdan faqatgina nogironligi asrab qoldi. Malika opaga esa o'z nomida bo'lgan shaxar markazidagi kichkina do'kon va yashab turgan dang'illama uyidan boshqa hech narsa qolmadi.Malika opa erining marakalari tugagach yana avvalgi holiga qaytdi, bunga o'zi orttirib olgan suyuq oyoq dugonalari yordamlashdi. Ular har kuni yana restoranlarda sayr qilibhar hil erkaklarni quchog'ini to'ldirardi. Farida ham endi o'zini erkin qushdek his qilib har kuni har hil yigitlar bilan telefonda gaplashar ishdan esa boshlig'ining o'zi olib kelib qo'yardi. Oyisini kech kelishlari kelinoyisini sayoq yurishini ko'rgan Zarinani ham hayoli buzila boshladi. Qush inida korganini qiladi diyishganidek endi u ham har hil yigitlar bilan tanishib soatlab telefonda gaplashadigan o'qishga ham etibor qilmaydigan bo'ldi. Bir kun odatdagidek bazmu jamshiddan qaytgan Malika opani etiborini kelinini honasidan chiqayotgan har hil ovozlar o'ziga tortdi. Farida telefonda kimgadur erkalanib gapirayotgandi. Boshida Timur bo'lsa kerak deb hayolidan o'tqazdi keyin esa --Boxo aka sizni sog'inib ketdim qacho